Toshkentda qoidabuzar piyodalar qariyb 50 ming so‘mlik jarimaga tortilmoqda
Toshkentda YHXB xodimlari yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tuvchi piyodalarni faol ravishda jarimaga tortishni boshladi. Bu haqda “Toshkent” teleradiokanalining “Poytaxt yo‘llarida” ko‘rsatuvida maxsus lavhalar efirga uzatildi.
KUN.UZ’ga O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBdagi manbaning xabar berishicha, qoidabuzar piyodalarni jarimaga tortish avvaldan bo‘lgan, hozirgi kunda bu boradagi ishlar faqat faollashtirilgan. Uning ta'kidlashicha, hozirgi kunda har ikkinchi yo‘l-transport hodisasi piyoda ishtirokida sodir bo‘lmoqda.
Qayd etilishicha, bunday piyodalarga yo‘l harakati qoidalarining 19-bandi bo‘yicha eng kam oylik ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima qo‘llanilmoqda (49 925 so‘m). Belgilangan jarayonga ko‘ra, qoidabuzar piyodaning yonida fuqaroligini tasdiqlovchi suratli hujjati bo‘lmasa, u Ichki ishlar bo‘limiga olib boriladi hamda o‘sha yerda shaxsi tasdiqlanadi.

Mavzuga oid

00:59
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi

21:59 / 13.05.2025
Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 48 mln so‘m so‘ragan shaxs ushlandi

19:08 / 13.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi

09:50 / 09.05.2025