Apple xodimi qizining qilmishi sabab ishdan bo‘shatildi

Foto: Reddit
Apple hali sotuvga chiqib ulgurmagan iPhone X haqida videorolik olgan qizning otasini, ya'ni o‘z xodimini ishdan bo‘shatdi. Bu haqida Bruk Ameliya Piterson o‘zining yangi videosida so‘zlab berdi. Uning otasi Apple'ning yangi qurilmalar sotuvga chiqqunga qadar uni ko‘rsatishni taqiqlovchi qoidalarini buzganlik uchun ishdan bo‘shatilgan.
Bundan avval Bruk Ameliya Piterson yangi ayfon, undagi taqvim, xabarlar ekrani va boshqa ilovalarini namoyish etgan videosi bilan bo‘lishgan edi. Shuningdek unda Apple xodimiga biriktirilgan maxfiy QR-kodlar ko‘ringan. S'yomka kompaniya kampusida olingan. Videotasma YouTube'dan o‘chirilgan, shunday bo‘lsa-da, uni Reddit'dan topish mumkin.
Pitersonning otasi ishdan bo‘shatilgunga qadar Apple Pay texnologiyasini yaratish ustida ishlagan.
iPhone X 3 noyabr kuni sotuvga chiqadi. Bu Apple'ning so‘nggi vaqtdagi eng kutilgan telefondir.




Mavzuga oid

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

09:03 / 21.04.2025
iPhone 17 Pro g‘ilofi suratlari smartfon kamerasi dizaynini oshkor qildi

16:11 / 12.04.2025