Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rta Chirchiq «qizil» hududga aylandi: tumanda 4 ta ko‘cha yopildi

Foto: O‘rta Chirchiq tumani hokimligi
Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda O‘rta Chirchiq tumani 20 iyun holatiga «qizil» hudud, deb belgilandi.
Bu haqda tuman hokimligi rasmiy Telegram kanali xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, Toshkent shahri Bektemir tumanidagi sharob zavodida ishlovchi 5 nafar o‘rtachirchiqlik fuqaroda infeksiya aniqlangani bois, hozirda ularning xonadonlari qat'iy nazoratga olingan. Shuningdek, ular bilan muloqotda bo‘lganlar ham tibbiy kuzatuv ostiga olingan.
Shuningdek, O‘rta Chirchiqdagi 4 ta ichki ko‘chalar karantinga yopilgan. Ushbu ko‘chalarda harakatlanish taqiqlangan. Yo‘l yoqalari va ko‘zga ko‘rinarli joylarga «qizil» hudud» belgilari o‘rnatildi.
Mavzuga oid

19:54 / 24.03.2025
Toshkent viloyatida YTHga uchragan Nexia-2 yonib ketdi

12:23 / 14.01.2025
Toshkent viloyatida 486 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

07:30 / 23.11.2024
O‘rta Chirchiqda 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi

10:40 / 08.10.2024