Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Navoiy shahridagi tadbirkorlar tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq uchta holat aniqlandi. Bu haqda «Hududgaz Navoiy» gaz ta'minoti filiali axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, yuridik shaxslarga tabiiy gazni yetkazib berishni nazorat qilish bo‘limi mas'ullari tomonidan may oyida iste'molchilarning tabiiy gazdan oqilona foydalanishini nazorat qilish bo‘yicha tadbirlar olib borilgan.
Jarayonda «O.R.O» xususiy korxonasi ta'minotchi korxona bilan shartnoma tuzmasdan gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganligi ma'lum bo‘lgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, buning oqibatida ta'minotchi korxonaga 42 million 483 ming so‘m moddiy zarar yetkazilgan.
Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor I.Sh. ham hech qanday shartnoma tuzmasdan 2 820 metr kub gazdan noqonuniy foydalangan. «E.P.» xususiy korxonasi esa gazdan o‘zboshimchalik bilan foydalanishi oqibatida ta'minotchi korxona 43 million 536 ming so‘m moddiy zarar yetkazgan.
Oldinroq Navoiy viloyatida gazdan noqonuniy foydalanib kelgan issiqxonalar egalariga jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi.
Mavzuga oid

19:58 / 17.07.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish oqibatida yetkazilgan zarar 600 mlrd so‘mdan oshdi

13:09 / 09.07.2025
Samarqandda 3 milliard so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlandi

21:17 / 03.07.2025
Navoiyda voyaga yetmagan qizlar ishtirokida janjal sodir bo‘ldi

14:28 / 24.06.2025