UYeFA YeChL finali chiptalarining 55 foizini homiylar va hamkorlarga ajratmoqchi

UYeFAning Milanda o‘tkaziladigan YeChL finali uchun rejalari ma'lum bo‘ldi.
As nashri xabariga ko‘ra, «Real» va «Atletiko» muxlislari uchun 80 ming kishi sig‘adigan «San Siro» o‘yingohidan 18 mingtadan o‘rin va chiptalar ajratiladi.
Qolgan chiptalar – 44 mingta chiptani ( 55 foiz) – UYeFA o‘zida qoldiradi. Bu chiptalar homiylar, hamkorlar hamda tashkilotning rasmiylariga beriladi.
Bu kvota – tashkilot tarixidagi eng ko‘p miqdordagisi bo‘ladi, shu vaqtgacha UYeFA homiylar va hamkorlar uchun 50 foizdan ortiq ulush ajratmagandi.
Bundan oldinroq «Real» va «Atletiko» muxlislari YeChL finali uchun 20 mingtadan chipta olishi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

11:11 / 09.06.2025
Yamalning davri hali kelmadi. Ronaldu finalda hal qiluvchi golni urdi, muxlislar yana uning nomini qo‘shiq qilib kuyladi

10:01 / 03.06.2025
PSJ g‘alabasidan keyin tartibsizliklar: Parijda yana 79 kishi ushlandi

20:46 / 25.03.2025
Blatter va Platini moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha yana oqlandi

23:05 / 26.08.2024