Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyliklar superyaxtaga xaridor qidira boshlashdi

Heysea Xitoyda 152-loyiha asosida 47 metrli superyaxta qurishi mumkinligi haqida e'lon qildi. Bu haqida Yacht Harbour ma'lum qildi.
Po‘lat korpusli 499 yalpi tonnajli kema 10 nafar yo‘lovchi va 9 nafardan iborat jamoaga mo‘ljallangan. Buyurtma tushgan taqdirda, kema 2018 yilda ekspluatatsiyaga tayyor qilinadi. Kema 3,2 ming ot kuchiga to‘g‘ri keluvchi ikkita SAT S32 dvigateliga ega bo‘ladi, maksimal tezligi - 15 uzel (soatiga taxminan 28 kilometr).
Yaxtaning bahosi - 18,7 million dollar. Uning sotilishi bilan Yachting Partners International xalqaro brokerlik agentligi (bosh idorasi - Monakoda) shug‘ullanmoqda.
Heysea Yachts Group — Tszyanminda joylashgan (Guandun provinsiyasi) Xitoy verfi. Unga 2007 yilda asos solingan, Boat International jurnali reytingida 25-o‘rinni egallaydi.
Dengiz atamasida yalpi tonnaj - maxsus o‘lchov bilan hisoblanadigan kemaning jami hajmi.
Bugungi kunda eng katta yalpi tonnajga ega superyaxta Alisher Usmonovga tegishli Dilbar yaxtasidir (15 917 tonna).
Mavzuga oid

22:56 / 29.07.2025
Tramp qanday shartlarda Xitoyga borishi mumkinligini aytdi

13:55 / 29.07.2025
Xitoy poytaxtida kuchli yomg‘ir oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

13:23 / 29.07.2025
Stokholmda AQSh-Xitoy savdo muzokaralari boshlandi

23:46 / 28.07.2025