Kuzatuv kameralari bo‘yicha jahon reytingi e'lon qilindi

PwC kompaniyasi dunyoning 12ta eng yirik megapolislarida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan kuzatuv kameralari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazib, uning natijalarini e'lon qildi. Unga ko‘ra, Rossiya poytaxti Moskva ikkinchi o‘ringa munosib ko‘rilgan, deb xabar qilgan "Moskva" shahar yangiliklar agentligi. Poytaxt qurilish siyosati departamenti rahbari Sergey Levkin shu haqda ma'lum qilgan.
Ro‘yxatning birinchi o‘rnini London shahri egallagan. Ma'lumotlarga ko‘ra, Moskvada har ming kishi hissasiga 11,63 dona kuzatuv kamerasi to‘g‘ri keladi. Bu raqam, Honkongdagidan 2 marta, Pekin ko‘rsatkichidan 6 martaga ko‘p demakdir.
Tadqiqotda shuningdek, Nyu-York, San-Paulu, Berlin, Singapur, Mexiko, Shanxay, Tokio va Seul shaharlariga oid raqamlar ham keltirilgan.
Bundan tashqari, Levkinning qayd etishicha, «Axborot shahri» dasturini amalga oshirish natijasida Wi-Fi hududlari bo‘yicha ham Moskva Seuldan keyingi ikkinchi o‘rinni egallagan.
Mavzuga oid

21:50 / 23.04.2025
Londonda Ukrainaning Yevropa davlatlari bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi

22:46 / 22.04.2025
AQSh London muzokaralarida Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishni taklif qiladi - WP

13:55 / 19.04.2025
Moskva va Kiyev halok bo‘lgan askarlarning jasadini almashdi

13:30 / 16.04.2025