Namibiya KXDRning ikkita kompaniyasi bilan shartnomani bekor qildi

Afrikaning Namibiya davlati Shimoliy Koreyaning ikkita davlat kompaniyasi bilan shartnomani bekor qildi. Bu BMT XKning rasmiy Pxenyanga nisbatan joriy qilgan sakntsiyalari doirasida amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda Namibian gazetasi.
Xabar qilinishicha, kompaniyalar harbiy zavodlar qurish bilan shug‘ullangan hamda KXDRning harbiy loyihalariga aloqasi bo‘lgan. Namibiya hukumati Koreya tog‘-kon sanoatini rivojlantirish savdo korporatsiyasi (KOMID) hamda Afrika mamlakatlarida qurilish ishlarini olib boruvchi Mansudae firmasi bilan hamkorlikni to‘xtatgan. BMT ekspertlari, ushbu ikki kompaniya o‘zaro bog‘liq ekanini bildirishgandi.
Mavzuga oid

10:16
Rossiya Bosh shtabi Kursk oblasti to‘la ozod etilgani haqida hisobot berdi

09:43 / 26.04.2025
Kim Chen In «imperialistik qaroqchilar»ga qarshi mo‘ljallangan kemani suvga tushirdi

21:48 / 16.04.2025
KXDR Ukrainadagi urush ortidan 20 mlrd dollarga yaqin daromad ko‘rdi - Janubiy Koreya

21:51 / 15.04.2025