Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hisobot: AQSh so‘nggi 6 yilda 116 nafar tinch aholi vakili hayotiga ehtiyotsizlik tufayli zomin bo‘lgan

Barak Obamaning prezidentlik davrida, amerikalik harbiylar, urush holatida bo‘lmagan turli mamlakatlar hududlariga bergan zarbalari oqibatida 116 nafar tinch aholi vakilining hayotiga zomin bo‘lgan. AQSh milliy razvedkasi direktorining saytida shu haqdagi hisobot e'lon qilingan.
Unda qayd etilishicha, 2009 yil 20 yanvaridan 2015 yil 31 dekabrigacha bo‘lgan muddat ichida berilgan havo zarbalaridan 64dan 116 nafargacha kishi hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, 2372 dan 2581 nafargacha batalon komandirlari o‘ldirilgan.
Hujjatda, shuningdek, bu hisobotga Afg‘oniston, Iroq va Suriyadagi yo‘qotishlar kiritilmagani ta'kidlangan. Chunki bu mamlakatlarda ayni vaqtda urush harakatlari olib borilmoqda. Umuman, hisobot davrida 473 marta nishonlarga qarata zarba berilgan.
Reuters agentligining qayd etishicha, ko‘rsatilgan raqamlar nohukumat tashkilotlari taqdim etgan ma'lumotlaridan sezilarli kamdir.
Mavzuga oid

23:14 / 29.07.2025
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi

22:56 / 29.07.2025
Tramp qanday shartlarda Xitoyga borishi mumkinligini aytdi

16:17 / 29.07.2025
Amerikaliklar yarim yillik turg‘unlikdan keyin quvnoq hayotiga qaytmoqchi

13:23 / 29.07.2025