Yildirim: Gulenni yashirayotgan mamlakat Turkiyaga do‘st emas

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Turkiya televideniyesi orqali namoyish qilingan matbuot anjumanida Gulenni yashirib o‘tirgan mamlakat Turkiyaga do‘st emasligini ta'kidladi.
“Gulen – terrorchi tashkilot asoschisi. Uni yashirayotgan mamlakat Turkiyaga do‘st emas, bu mamlakat Turkiyaga qarshi yashirin urush olib bormoqda. Davlat to‘ntaruvi harakati tashkilotchisi jazolanishi lozim”, - dedi u.
Turk hukumati harbiy to‘ntaruvni hozirda AQShda istiqomat qiluvchi Gulen asos solgan “Xizmet” harakati tarafdorlari amalga oshirganiga ishonchi komil ekanligini ma'lum qilgan.
Istanbul sudi 2014 yilning dekabrida terrorchilik tashkilotini tashkil etganlikda asosli gumon qilinayotgan Gulenni qo‘lga olish uchun rasmiy order bergan. Gulenning tarafdorlari Turkiyada sodir bo‘lgan voqealarga aloqadorligini inkor etishgan. Ular bunday ayblovni “o‘ta mas'uliyatsiz” deb atashdi.
Shuningdek, Yildirim harbiy to‘ntaruv harakatlaridan so‘ng turk maxsus xizmatining faoliyati qayta ko‘rib chiqilishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid

12:55 / 09.06.2025
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida maktab ochiladi

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

19:16 / 07.06.2025
Turkiyada qurbonlik qilish chog‘ida 14 ming kishi jarohat oldi

09:54 / 04.06.2025