Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Suriya yaxlitligining saqlab qolinishiga shubha bildirdi

Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Jon Brennan Suriyaning davlat sifatida yaxlitligining saqlab qolinishiga shubha bildirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Men Suriyani yana birlashtirishga muvaffaq bo‘linishini bilmayman", deb aytdi Brennan Aspen Security Forum anjumanida. U, shuningdek, Suriya mamlakatning o‘ziga tegishli qismini boshqaruvchi turli diniy guruhlardan iborat konfederativ tuzilmaga aylanishi mumkinligini taxmin qildi.
MRB rahbari Suriyada tinchlikka erishish Iroqdagi vaziyatga bog‘liq bo‘lishini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Mavzuga oid

13:36 / 17.06.2025
Suriyalik shifokor Germaniyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

13:24 / 09.06.2025
Isroil havo kuchlari Suriyaga hujum qildi

14:42 / 07.06.2025
AEXA Suriyadagi yadroviy inshootlarni tekshirishga ruxsat oldi

19:55 / 05.06.2025