Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrain harbiylari jangovar katapultani ishlab chiqishdi

Ukraina armiyasi bo‘limi mamlakat sharqida olib borilayotgan Aksilterror amaliyot (ATA)da qo‘llash uchun jangovar katapultani ishlab chiqdi, deb yozmoqda ko‘ngilli Aleksey Mochanov Facebook sahifasida.
«Ukrainaning jazolash bo‘limlaridan biri arbalet emas, katapultani ishlab chiqib, jangovar sinovdan o‘tkazish ishlarini yakunlamoqda. U, raqib tomonga shovqin chiqarmasdan o‘nlab kilogramm trotilni otishi mumkin», — deb yozgan Mochanov.
Mochanovning so‘zlariga ko‘ra, katapultaning ustunliklaridan biri — dushman uning joyini aniqlay olmasligi va natijada katapultani yo‘q qila olmasligidir.
«Salbiy tomoni — katapulta otgan portlovchi moddalar uzoqqa bora olmaydi. Bundan tashqari, uni Minsk kelishuvi ekspertlari o‘rganib chiqishmagan», — deb yozgan ko‘ngilli.
Mavzuga oid

16:14
Jurnalistlar Ukrainada 121 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi

12:49
AQSh senatorlari Ukrainaga 55 mlrd dollar ajratishni taklif qildi

11:56
AQSh va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

10:32