Belarus prezidenti aktyor Stiven Sigal bilan uchrashdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘zining qarorgohida amerikalik mashhur aktyor Stiven Sigal bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Lukashenko matbuot kotibi Natalya Eysmont ma'lum qildi.
"Bugun prezident aktyor bilan uchrashdi. Stiven Sigalning aytishicha, u Aleksandr Lukashenko bilan uchrashishni anchadan beri orzu qilib yurgan va Minskga borishi oldidan u bilan uchrashishni qat'iyatlik bilan so‘ragan", deb aytdi Eysmont. Uning aytishicha, Sigalning Belarusga nisbatan tuyg‘ulari o‘zgacha, chunki aniqlanishicha, bu yerda uning ildizlari bor.
Aktyor Minskka tunda uchib keldi, u Belarusning onlayn-o‘yinlar yaratuvchi kompaniyasi Wargaming bilan hamkorlik qiladi. Shu bilan birga aktyorning safari faqatgina ish bilan bog‘liq bo‘lmadi: u Minsk bo‘yicha qisqa sayohat uyushtirdi, belarus oshxonasi bilan tanishdi.
Sigalning Lukashenko bilan uchrashuvi mehmon uchun juda sermazmun o‘tdi. Sigal belarus qishloq xo‘jaligi bilan tanishtirildi. U kartoshka, tarvuz yig‘imini kuzatdi.
Mavzuga oid

22:19 / 25.04.2025
Lukashenko Polsha va Litvani migrantlar sabab xavotirga tushmaslikka chaqirdi

18:00 / 25.03.2025
Dunyoning yarmi Belarusdagi kabi diktaturani orzu qiladi – Lukashenko

17:25 / 25.03.2025
Lukashenko yettinchi marta Belarus prezidenti bo‘ldi

15:15 / 16.02.2025