«Arsenal» Mustafini olgach, APL tarixidagi rekord qayd etildi

Angliya premer-ligasi jamoalari mavsumlar oralig‘idagi transferlar darichasi vaqtida yangi futbolchilar uchun bir milliard funtdan ortiq mablag‘ni sarflab bo‘lishdi. Bu turnir tarixidagi rekord daraja hisoblanadi. Bu Mustafi «Arsenal»ga o‘tgani e'lon qilingach qayd etildi. Bu haqda Sky Sports xabar bergan.
APLda yozdagi eng yirik 5ta transfer quyidagilar bo‘ldi: Pol Pogba («Manchester Yunayted»ga 105 million yevro), Jon Stounz («Manchester Siti»ga 56 million yevro), Leroy Sane («Manchester Siti»ga 49 million yevro), Granit Chaka «Arsenal»ga 45 million yevro) va Genrix Mxitaryan («Manchester Yunayted»ga 42 million yevro).
Shuningdek, ligadagi 20tadan 12ta klub o‘zining transferlar borasidagi rekordlarini yangilagan.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid

23:12 / 27.04.2025
«Liverpul» «Tottenhem»ni yirik hisobda mag‘lub etib, APL chempionligini qo‘lga kiritdi

13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam

11:56 / 06.02.2025
Yaponiyada rekord darajada qor: bir kishi halok bo‘ldi, o‘nga yaqin odam jarohatlandi

00:00 / 02.01.2025