Xitoyda antiqa yuzli cho‘chqa tug‘ildi

foto: Youtube.com
Xitoyda yuzi odamnikiga o‘xshash va jinsiy a'zosi peshonasida bo‘lgan cho‘chqa tug‘ildi. Internetda ushbu cho‘chqa tasvirlangan video paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda "Vesti.Ru".
Ushbu g‘ayriodatiy cho‘chqa qayerda suratga olingani noma'lum, biroq bunday mutant-cho‘chqalar mahalliy fermerlar xo‘jaligida tez-tez dunyoga kelib turadi.
Noodatiy cho‘chqa bolasi videosi Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida chaqmoq kabi tez tarqaldi. Videoning muallifini aniqlashning iloji bo‘lmagan.
Shunisi ma'lumki, o‘tgan yili xuddi shunday cho‘chqa Nannin shahridagi Tao Lu ismli fermerda paydo bo‘lgan.
Mutant-cho‘chqa fermerning xo‘jaligidagi urg‘ochi cho‘chqa bir vaqtda dunyoga keltirgan 19 ta cho‘chqadan bittasi bo‘lgan. Cho‘chqacha surati internetda tarqalgandan keyin, fermerga bu "mahluqni" sotish taklifi yog‘ila boshlagan. Bir necha kishi cho‘chqani o‘z ko‘zi bilan ko‘rish uchun fermernikiga kelgan.
Biroq cho‘chqacha ko‘p o‘tmay nobud bo‘lgan, chunki onasi uni boqishdan bosh tortgan, o‘zini esa idishchadan ovqat yeyishga o‘rgatib bo‘lmagan. Tao Luning aytishicha, u bu antiqa cho‘chqachani butun bir cho‘chqa podasidan qimmatroqqa sotishi mumkin edi, biroq u bunga ulgurmay qolgan.
Mavzuga oid

21:22 / 28.04.2025
Xitoy Trampning tariflarini Hindiston yordamida chetlab o‘tmoqchi

14:45 / 28.04.2025
SCMP: Xitoy kompaniyalari ishlab chiqarishni AQShga ko‘chirishni boshladi

00:46 / 28.04.2025
Xitoy atom energetikasi sohasida dunyoda yetakchiga aylandi

22:58 / 27.04.2025