Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya delegatsiyasi Gulen bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun AQShga yo‘l oldi

Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi vakillari Vashingtonga jo‘nab ketgan. Bu delegatsiya amerikaliklar hukumati bilan Fathulloh Gulenning ekstraditsiyasi masalasini muhokama qilishadi. Bu haqda A Haber telekanalida xabar qilingan.
"Biz Demokratlar va Respublikachilar partiyasi vakillari, Kongress senatorlari, Vakillar palatasi deputatlari hamda jamoatchilik tashkilotlari a'zolari bilan uchrashuvlar o‘tkazamiz", degan partiyaning xalqaro masalalar bo‘yicha bosh kotib maslahatchisi Mehdi Eker.
Aniqlik kiritilishicha, aynan Eker Turkiya delegatsiyasiga rahbarlik qiladi, unga yana 5 nafar deputat hamroh bo‘ladi.
Turkiya hukumati avgust oyi oxirida amerikaliklar isyon tashkilotchiligida ayblangan Fathulloh Gulenning aybsizligiga asos topib bera olmagani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

18:46 / 18.12.2018
OAV: Turkiyada Gulenning jiyani yetti yarim yilga qamaldi

20:58 / 05.03.2018
Qonunchilik palatasi spikeri Turkiya delegatsiyasini qabul qildi

16:40 / 26.07.2017
Turkiya milliy mudofaa vaziri O‘zbekistonga keldi

16:41 / 30.03.2017