Armanistonda yangi bosh vazir tayinlandi

Armaniston milliy yig‘ilishi (parlament) tashqi aloqalar bo‘yicha doimiy komissiyasi boshlig‘i Artak Zakaryan Armaniston Respublika partiyasi Karen Karapetyan nomzodini mamlakat bosh vaziri lavozimiga tasdiqlaganini ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, Armaniston amaldagi bosh vaziri Ovik Abramyan 8 avgustda bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishida iste'foga ketishini aytgan. Abramyan bu lavozimga 2014 yil aprelda tayinlangan.
"Bu masala kun tartibidagi yagona masala edi, Karen Karapetyan esa yagona nomzod edi", deb ta'kidlab o‘tdi Zakaryan.
Zakaryanning aytishicha, hukmron partiya Abramyan iste'fosini qabul qilgan.
Mavzuga oid

18:58 / 13.06.2025
Armanistonda sobiq bosh vazir Ovik Abramyan qo‘lga olindi

21:08 / 03.06.2025
Niderlandiya hukumati iste’foga chiqishini e’lon qildi

21:45 / 22.04.2025
Armaniston parlamentida deputatlar janjallashib ketdi

07:43 / 21.04.2025