Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Instagram'da izohlarni nazorat qilish imkoni paydo bo‘ldi

Instagram fotoservisida izohlarni nazorat qilish uchun yangi funksiya yo‘lga qo‘yildi. Foydalanuvchilar u yordamida o‘zlari noo‘rin yoki haqoratli deb bilgan so‘zlarni belgilashlari mumkin bo‘ladi. Bu haqida Instagram'ning rasmiy blogida ma'lum qilindi.
Mazkur optsiya tufayli foydalanuvchi tomonidan taqiqlangan so‘zlar izohlarda ko‘rsatilmaydi.
Yangi funksiyani Instagram sozlamalarida faollashtirish mumkin, buning uchun ilovadagi "oltilik" belgisini bosish kerak.
Servis ishtirokchilari o‘zlari uchun mana shunday so‘zlar ro‘yxatini tuzib, ulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalana olishadi. Yangilik mavjud moderatsiya vositalariga qo‘shimcha sifatida kiritildi: Instagram'da avvalgidek izohlarni o‘chirish, noo‘rin izohlar haqida xabar berish va akkauntlarni bloklash mumkin.
"Barcha foydalanuvchilarimizni xavfsizlantirish uchun biz insonlarga hech qanday tanqid yoki haqoratni ko‘rsatmay, o‘zligini saqlab qolishiga sharoit yaratishimiz lozim", - deya ta'kidladi Instagram bosh direktori Kevin Sistorom.
12 sentabrdan e'tiboran Android va IOS (9.3.) foydalanuvchilari yangi funksiya asosida o‘z sahifalaridagi izohlarni boshqarishlari mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid

17:11 / 22.07.2025
“Hayp uchun qildim” - Avtosalon rahbari sinov maqsadida xodimlarining ustiga mashina haydadi

16:39 / 12.04.2025
Instagram o‘smirlar uchun ba’zi cheklovlarni joriy qiladi

08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi

16:24 / 22.03.2025