Shumaxerning oyoqqa turgani haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi

Nemis poygachisi, "Formula-1" tasnifining yetti karra chempioni Mixael Shumaxer oyoqqa turmagan. Bu haqida sportchining advokati Feliks Damm VVS News'ga ma'lum qildi.
Afsonaviy poygachining huquq himoyachisi 2015 yilning dekabrida 47 yoshli sportchining oyoqqa turgani haqidagi xabarni chop etgan Bunte nemis jurnaliga qarshi da'vo ishi bo‘yicha ana shunday bayonot berdi.
Ushbu vaziyatni Shumaxerning menejyeri Sabina Kem ham izohladi. "Afsuski, Mixaelning qayta oyoqqa turgani haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bunday ma'lumotlar asossiz. Boz ustiga bu mazmundagi xabarlar ko‘plab kishilarning qalbida yolg‘on umid uyg‘otadi", - dedi u.
Sobiq avtopoygachi hozirda o‘zining Shveytsariyadagi villasida qayta tiklanish muolajalarini olmoqda. U 2014 yilning sentabrida shifoxonadan o‘sha yerga qaytgan. Eslatib o‘tamiz, Shumaxer 2013 yilning dekabrida tog‘ chang‘isida uchayotib, yiqilib tushgan va boshi bilan toshga urilgan. Ushbu baxtsiz hodisa natijasida sportchi yarim yildan ortiq koma holatida bo‘lgan.
Mavzuga oid

18:19 / 01.04.2025
O‘zbekiston ayollar salomatligi global indeksida uch pog‘ona yuqoriladi

16:55 / 25.03.2025
Ko‘zga ohak yoki yot jism kirganda nima qilish kerak? Mutaxassis javob berdi

14:43 / 19.03.2025
Global isish nafas olish tizimi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda

17:40 / 14.03.2025