Abdulaziz Komilov Kerrining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bilan uchrashdi

2016 yilning 22 sentabr kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.
Vazir O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning vafoti munosabati bilan AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan bildirilgan hamdardlik uchun O‘zbekiston rahbariyati nomidan AQSh tomoniga minnatdorchilik izhor qilgan.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-AQSh kun tartibining dolzarb masalalari va munosabatlarni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan.
Uchrashuvda ba'zi xalqaro va mintaqaviy muammolar ham muhokama qilingan.
Mavzuga oid

12:12 / 03.06.2025
«Vaqti-soati kelganda tan olamiz» – Komilov O‘zbekiston «Tolibon»ni xalqaro hamjamiyat bilan birga tan olishini aytdi

18:24 / 31.05.2025
«Kimgadir yoqadimi-yoqmaydimi, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda davom etamiz» - Abdulaziz Komilov

13:47 / 31.05.2025
«Harbiy to‘qnashuv ham turgan gap edi» - Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyoda 2016 yilgacha bo‘lgan muhit haqida

11:53 / 14.04.2025