Amerikalik kongressmen Sharlottdagi namoyishlar sababini tushuntirdi

Respublikachilar partiyasidan AQSh kongressmeni Robert Pittenjyerning aytishicha, Sharlottdagi namoyishlarga sabab oq tanlilarga bo‘lgan nafratdir.
«Ular (afroamerikaliklar) ongi ostidagi xafagarchilik bu – adovat, g‘azabdir; ular oq tanlilarni yomon ko‘rishadi, chunki oq tanlilar – omadli insonlardir, ular esa – yo‘q», – dedi kongressmen BBC Newsnight nashri bilan bo‘lgan intervyuda.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Karolina shtatida politsiya xodimi afroamerikalikni otib tashlagandan so‘ng, namoyishlar boshlanib ketdi. Voqea 20 sentabr tunda sodir bo‘ldi. Namoyishlar hamon davom etayotgani sabab, Sharlott shahrida komendantlik soati joriy qilindi.
Mavzuga oid

11:39 / 11.06.2025
Los-Anjyelesning bir qismida tartibsizliklar tufayli komendantlik soati joriy etildi

13:58 / 10.06.2025
Tramp norozilik namoyishlari tufayli Los-Anjyelesga qo‘shinlarni kiritishga chaqirdi

08:40 / 10.06.2025
San-Fransiskoda deportatsiyaga qarshi 60 nafar namoyishchi qo‘lga olindi

13:16 / 27.05.2025