Turkiya Qrimda bo‘lib o‘tgan saylov natijasiga nisbatan qarashini bildirdi

Rasmiy Anqara Davlat dumasi uchun Qrim yarimorolida bo‘lib o‘tgan saylov natijasini tan olmaydi. Bu haqda, 23 sentabrda Haberler nashri Turkiya TIV bayonotiga asoslangan holda xabar qilmoqda.
«Turkiya Ukraina hududiy yaxlitligi tarafdori. Biz o‘tgan hafta Rossiyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovi natijalarini shu nuqtai-nazardan baholaymiz. Shuning uchun, bizning fikrimizcha, Qrimda tashkil etilgan ovoz berish natijasi huquqiy kuchga ega emas», — degan vazirlik matbuot kotibi Tanju Bilgich.
21 sentabr kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni Davlat dumasidagi saylovlardagi muvaffaqiyati bilan tabriklagan edi. Shundan so‘ng, Ukraina rahbari Pyotr Poroshenko bilan uchrashuvida, respublika «suvereniteti va hududiy yaxlitligini» tiklashda ko‘maklashishga va'da bergan edi.
Mavzuga oid

19:49 / 25.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

13:33 / 25.04.2025
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi

09:59 / 25.04.2025
Ukraina AQSh yordamining to‘xtatilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

08:43 / 25.04.2025