OAV: iPhone 7 sohibi smartfon portlagani haqida xabar berdi

Apple kompaniyasining yangi iPhone 7 smartfonini qo‘lga kiritgan xaridorlardan biri qurilmaning portlab ketganligi to‘g‘risida xabar berdi. Bu haqida Independent nashri ma'lum qildi.
Reddit saytida kroopthesnoop niki ostidagi foydalanuvchi tomonidan chop etilgan suratlarda smartfonning bo‘laklarga ajralib ketganini ko‘rish mumkin. Shuningdek qurilma joylashgan qutiga ham ziyon yetgan.
"Fabrika va yetkazib berish xizmati o‘rtasida nimadir sodir bo‘lgan", - deya ma'lum qildi internet foydalanuvchisi. Uning so‘zlariga ko‘ra, telefondan foydalanishga ulgurmayoq portlash ro‘y bergan.
Manbaga ko‘ra, smartfonni egasiga yetkazish jarayonida akkumulyatorga ziyon yetgan bo‘lishi mumkin. Telefon avval qizib ketgani, keyin esa portlab, qisman qutisiga ham ziyon yetkazgani taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid

15:26 / 25.04.2025
Balashixada portlash oqibatida bosh shtab generali halok bo‘ldi

13:48 / 23.04.2025
Vladimir oblastidagi harbiy bazada portlash. Asosiy ma’lumotlar

15:42 / 05.04.2025
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj

22:12 / 31.03.2025