Qirg‘iziston prezidenti Bishkekka yetib keldi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Moskvadan Bishkekka yetib keldi. Bu haqda Atambayev devonida ma'lum qilindi.
"Davlat rahbari samolyoti bugun Bishkekning Manas aeroportiga qo‘ndi", deb ma'lum qilindi xabarda. 1 oktabrda Atambayev Moskvadagi shifoxonada davolangandan keyin chiqarib yuborilgandi.
Atambayev 23 sentabrdan Moskvadagi Markaziy klinik shifoxonada davolanish kursidan o‘tgan. Bunga Atambayevning 19 sentabrda Istanbul aeroportida Nyu-York ketadigan samolyotga o‘tirayotganda o‘zini yomon his qilgani sabab bo‘lgan. Keyinroq Atambayevda yurak bilan bog‘liq muammolar aniqlangan.
Mavzuga oid

12:36
Moskva 1200 nafar Ukraina fuqarosining jasadini Kiyevga topshirdi

22:14 / 09.06.2025
Moskva va Pxenyan o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri temiryo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

19:46 / 09.06.2025
Moskvada OMON migrantlarga kuch ishlatdi. O‘zbekiston TIV va Migratsiya agentligi vaziyatni o‘rganmoqda

21:12 / 07.06.2025