OAV: Uzoq Sharqda og‘ir bombardimonchi samolyotlar diviziyasi tashkil etilmoqda

Foto: TASS
Uzoq Sharqda og‘ir bombardimonchi aviadiviziyani tashkil etish ishlari poyoniga yetmoqda. Uning tarkibida Tu-95MS va Tu-22M3 samolyotlari jangovar safda turadi, deya yozmoqda «Izvestiya» gazetasi harbiy manbalariga tayangan holda.
Nashrning yozishicha, diviziya 6952-aviabaza negizida tashkil etilib, Ukrainka va Belaya aerodromlaridagi samolyotlarni jamlaydi. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, bundan tashqari uzoq masofaga parvoz qiluvchi aviatsiyaning Sharqiy va Markaziy harbiy okruglardagi bir nechta eskadrilyalari ham diviziya ixtiyoriga berilgan.
Gazetaning yozishicha, 2015 yilda Rossiyaning Yevropa hududidagi aerodromlarda joylashtirilgan Tu-95MS, Tu-160 va Tu-22M3 samolyotlarini birlashtiruvchi 22-og‘ir bombardimonchi aviadiviziyasi qayta tiklangan edi.
Ekspertlarning fikricha, yangi harbiy birlashma Yaponiya — Guam orollari — Havayi orollari uchburchakligiga mas'ul bo‘ladi.
Mavzuga oid

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

08:59
Rossiyada IIV migrant bolalarning ta’lim ma’lumotlariga ega bo‘ladi

19:49 / 25.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

13:33 / 25.04.2025