Murabbiyga qo‘l bermagan Pelle Italiya terma jamoasidan haydaldi

Foto: twitter.com
Italiya terma jamoasi hujumchisi Grasiano Pelle o‘zining maydondan olinishidan norozi bo‘lib, bosh murabbiy Jampero Venturaga qo‘l berishdan bosh tortgani uchun tarkibdan chiqarildi. Football Italia nashri xabariga ko‘ra, bu hodisa JCh-2018 saralashida Ispaniya terma jamoasiga qarshi kechgan va 1:1 hisobida yakunlangan o‘yindan keyin ro‘y bergan.
Hujumchi omma oldida murabbiydan uzr so‘ragan, ammo u JCh-2018 saralashi doirasida makedoniyaliklarga qarshi 9 oktabr kuni kechadigan uchrashuvda o‘ynamasligi aniq bo‘lgan.
Ayni vaqtda Pelle qancha vaqtga terma jamoadan chetlashtirilgani haqida aniq ma'lumotlar yo‘q.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid

16:09 / 11.06.2025
Prezident ETTB, BAA va Lombardiya bilan hamkorlikning ustuvor masalalarini muhokama qildi

22:21 / 09.06.2025
Italiyalik erkak bir yil davomida ish joyidan salkam 2 kilo oltin o‘g‘irladi

20:32 / 06.06.2025
Shomurodov o‘ynaydigan «Roma»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

20:29 / 02.06.2025