Dunyo aeroportlarining Wi-Fi parollari kiritilgan yagona xarita yaratildi

Foto: Aladdintravel.com
Sayohat payti aeroportlarda o‘z vaqtingizni internetsiz o‘tkazish eng zerikarli ishlardan biri bo‘lsa kerak. Ammo, bir uddaburon yigit bu muammoning yechimini topdi. Kompyuter xavfsizligi bo‘yicha muhandis va sayohatchi bloger Anil Po‘lat butun dunyo aeroportlari Wi-Fi tarmoqlarining parollarini o‘z foydalanuvchilariga taqdim etuvchi interaktiv xaritani yaratdi. Shuningdek, undan foydalanish juda ham oson. Foydalanuvchi faqatgina xaritadagi biron bir aeroport ustiga bosadi va mavjud aloqalar ro‘yxati alohida oynada paydo bo‘ladi.
Po‘lat xaritani muntazam ravishda yangilab turadi va shu kungacha dunyo bo‘ylab 130 aeroportni dasturga kiritdi. Ko‘pchilik dastavval buni foydasiz xarita deb o‘ylashi mumkin, chunki Wi-Fi parollarini olish uchun internet kerak. Ammo xarita ixtirochisi dasturni yuklab olish mumkin bo‘lgan offlayn talqinni ham yaratdi.
Mavzuga oid

16:53 / 02.06.2025
«BAAdagi fuqarolarimizni tezlikda tekshiruvdan o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan» - TIV

14:57 / 02.06.2025
Yana o‘zbekistonliklar ajratildi: BAA aeroportida 100 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari ushlab turildi

19:09 / 30.05.2025
Sariosiyo aeroporti 30 yildan so‘ng faoliyatini tikladi

18:21 / 18.05.2025