Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya BMT XKda Fransiyaning Suriya bo‘yicha rezolyutsiyasiga qarshi chiqdi

Foto: RIA Novosti
Rossiya BMT Xavfsizlik kengashiga Fransiya tomonidan Suriya masalasida tayyorlangan hujjatga veto qo‘ydi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.
Fransiya tomoni Xavfsizlik kengashiga Halabda harbiy aviatsiya parvozi man etilishini ko‘zda tutuvchi, shuningdek, Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga rioya etishga chaqirilgan rezolyutsiya loyihasini taqdim etgandi.
Hujjatga 11 ovoz berilgan, 2 ovoz qarshi bo‘lgan va kengashning yana 2 a'zosi betaraf qolgan.
Rossiyaning BMT qoshidagi doimiy vakili Vitaliy Churkin Suriya bo‘yicha hech qanday loyiha 8 oktabrgacha ma'qullanmasligini ma'lum qilgan.
O‘z navbatida rasmiy Moskva BMT Xavfsizlik kengashiga Fransiya tomonidan tayyorlangan hujjatga muqobil tarzda ishlab chiqilgan Suriya bo‘yicha rezolyutsiyasini taqdim etgan.
Bu loyihada BMT bosh kotibining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Misturaning «Jabhat an-Nusra» jangarilarini Halabning sharqiy qismidan olib chiqish haqidagi taklifi qo‘llab-quvvatlangan.
Mavzuga oid

21:14 / 03.08.2025
Turkiyadan Suriyaga tabiiy gaz yetkazib berish boshlandi

14:28 / 02.08.2025
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida dippasport egalariga viza bo‘yicha bitim imzolandi

12:39 / 30.07.2025
Fransiya va Britaniya ortidan Malta ham Falastinni tan oladi

13:12 / 28.07.2025