DXR razvedkasi Donbassga amerikalik snayperlar kelganini ma'lum qildi

Foto: 112.ua
Tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi razvedkasi kuchlarning to‘qnashish chizig‘ida 6 ta ukrain minomyoti o‘rnatilgani va Donbassga AQShlik snayperlar kelganini qayd qildi. Bu haqda DXR tezkor qo‘mondonligi qo‘mondoni Eduard Basurin ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Uning aytishicha, razvedka amerikalik merganlar joylashgan joyni aniqlagan. To‘qnashuv chizig‘idan 1,5 km uzoqlikda, Mayorsk tumanida ukrain minomyotlari aniqlangan.
"Mayorsk tumanida, ko‘prik yaqinida 120 mm kalibrlik 6 ta minomyotning o‘t ochish pozitsiyasi aniqlangan. Bundan tashqari, razvedkamiz aksilterrorchilik operatsiyasi hududida AQShdan kelgan merganlar joylashgan joyni aniqladi", deb aytdi Basurin.
Avvalroq Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilari Donbassda "Gruzin legioni" belgisiga ega askarlarni aniqlagani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid

12:27
Suriyada Trampning sanksiyalarni bekor qilish haqidagi so‘zlari olqishlandi

23:45 / 13.05.2025
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi

14:00 / 13.05.2025
So‘rov: AQShning dunyodagi obro‘si Tramp kelganidan keyin tushib ketdi

11:50 / 13.05.2025