BMT Bosh Assambleyasi BMT bosh kotibini saylaydi

BMT Bosh Assambleyasi 13 oktabr kuni Portugaliyaning sobiq bosh vaziri Antoniu Guterrishni tashkilotning to‘qqizinchi bosh kotibi lavozimiga saylash masalasini ko‘rib chiqadi.
Majlisda portugaliyalik siyosatchini BMT bosh kotibligiga saylash to‘g‘risidagi rezolyutsiya muhokama etilib, qabul etilishi kutilmoqda. U 2017 yil yanvaridan 2021 yil dekabrigacha mazkur vazifani ado etadi. Guterrish 2015 yilgacha BMT qochoqlar masalalari bo‘yicha bosh komissari vazifasini bajargan.
Uning nomzodi tasdiqlanishi uchun BMT a'zolarining uchdan ikki qismi Guterrishni yoqlab ovoz berishi kerak. Bosh Assambleya rahbari a'zo mamlakatlar diplomatik vakolatxonalariga yuborgan maktubida rezolyutsiyaning yakdillik bilan qabul qilinishiga umid bildirgan.
Shundan so‘ng, kelgusi 2 yarim oyda Guterrish o‘z jamoasini shakllantiradi va o‘rinbosarlar va yordamchilarini aniqlab oladi.
Mavzuga oid

11:58 / 09.04.2025
BMT 13 mingga yaqin ukrainalik tinch aholi halok bo‘lganini tasdiqladi

21:12 / 05.04.2025
Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi yordamchisi bilan uchrashdi

19:02 / 04.04.2025
BMT: Sun’iy intellekt tufayli boy va kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut o‘smoqda

18:57 / 02.04.2025