Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda Respublika ishchi guruhining yoshlar bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda

Andijon viloyatining barcha tuman va shaharlarida Respublika ishchi guruhi a'zolari bilan yoshlarning ijtimoiy kayfiyati, muammolari va taklif-istaklarini o‘rganish maqsadida ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tmoqda.
17-20 oktabr kunlari tashkil etilgan uchrashuvlarning ikki kuni davomida Xonobod shahri, Andijon, Oltinko‘l, Asaka, Baliqchi, Bo‘z, Jalolquduq, Izboskan, Marhamat va Buloqboshi tumanlarining yosh avlod vakillari Respublika “Kamolot” YoIH faollari, taniqli adiblar – shoir va yozuvchilar, san'at va sport namoyondalari bilan uchrashdilar.
Muloqotlarda barcha yoshlar qatlamlari vakillari, jumladan, yosh tadbirkor va fermerlar, “Kamolot” yetakchilari va faollari, fan olimpiadasi g‘oliblari, sportchilar, ijodkor yoshlar, yosh o‘qituvchilar, korxonalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar qatnashmoqda.
Mashvaratlar davomida faol yoshlarimiz ishchi guruhiga o‘zlarida mavjud muammo va takliflarini taqdim etishmoqda.
Izboskan tumanidagi madaniyat va aholi dam olish maskanida o‘tkazilgan ana shunday uchrashuvda Andijon viloyat hokimi birinchi o‘rinbosari Maxamadjan Nishanov, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi aktyori Abduxalil Mingnarovlar ishtirok etdilar.
Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid

22:24 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi

14:28 / 31.07.2025
Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026 yilda boshlanishi mumkin

21:49 / 29.07.2025
Asaka tumani «to‘rtligi» davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

21:41 / 28.07.2025