Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Barselona" qiyin kechgan o‘yinda "Valensiya"ni mag‘lub qildi, Messidan dubl

Ispaniya chempionatining 9-turida "Barselona" jamoasi safarda "Valensiya"ga qarshi maydonga tushdi.
Qiziqarli va gollarga boy kechgan o‘yinda kataloniyaliklar 3:2 hisobida zafar quchdi.
O‘yinning 22-daqiqasida Lionel Messi hisobni ochgan bo‘lsa, Munir 52-daqiqada hisobni tenglashtirdi. 4 daqiqadan so‘ng Rodrigo “ko‘rshapalaklar”ni oldinga olib chiqdi – 2:1.
62-daqiqada Luis Suares muvozanatni tikladi. O‘yin yakunida Messi penaltidan gol kiritib, “Barselona”ga 3 ochko taqdim qildi.
Ispaniya chempionati, 9-tur
"Valensiya" – "Barselona" - 2:3
Gollar: 0:1 – 22 Messi, 1:1 – 52 Munir, 2:1 – 56 Rodrigo, 2:2 – 62 Suares, 2:3 – 90 penalti Messi.
"Valensiya" – Diyego Alves, Garay, Gayya (Abdennur, 38), Montoyya (Munir, 46), Joau Kanselu, Parexo, Suares, Peres, Nani, Rodrigo (Santi Mina, 71), Mangalya.
"Barselona" – ter Stegen, Messi, Din, Umtiti, Andre Gomesh (Suares, 71), Maskerano, Inesta (Rakitich, 14), Serdji Roberto, Buskets, Neymar, Suares.
Ogohlantirishlar: Garay (17), Diyego Alves (23), Buskets (25), Din (47), Neymar (51), Suares (69), Messi (73), Peres (76), Abdennur (90).
Manba: tribuna.uz
Mavzuga oid

23:49 / 16.07.2025
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi

08:50 / 03.07.2025
Barselonada 100 yil ichidagi eng issiq iyun oyi kuzatildi

10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari

11:33 / 19.05.2025