Terrorchilar tibbiy yordam evaziga halabliklarni qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishdi
Suriyalik jangarilar Sharqiy Halab aholisidan savdo buyumi sifatida foydalanishmoqda. Ular halabliklarni tibbiy yordam evaziga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishdi. Bu haqida Jyeneva muzokaralariga yaqin manbaga asoslanib, NTV xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Xalqaro Qizil Xoch bir necha kundan beri bemorlar va jarohat olganlarni shahardan olib chiqishga urinmoqda - bu kamida bir necha yuz kishini tashkil qiladi. Biroq terrorchilar Sharqiy Halabga dori-darmon yetkazib, jangarilarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan taqdirdagina tinch aholini qo‘yib yuborishga tayyor ekanliklarini ma'lum qilishdi.
Jangarilar aholiga tahdid qilishda davom etishmoqda. Ular ekstremistlarni Halabni tinch qo‘yishga chaqirgan mahalliy masjid imomini qatl qilishdi.
Bundan tashqari yana ko‘plab kishilar jarohat oldi. Shahar aholisi ularni gumanitar yo‘lakdan chiqarib yuborishni talab qilganida, jangarilar ularga qarata o‘q ochgan.
Mavzuga oid

17:40 / 14.04.2025
Britaniyaning gumanitar yordamni qisqartirishi butun dunyo bo‘ylab 55,5 mln kishiga ta’sir qiladi

20:30 / 26.01.2025
AQSh Ukrainaga gumanitar yordam dasturini to‘xtatmoqchi, bu nima degani? Ekspertlar buning sababi va oqibatlari haqida

17:13 / 25.12.2024
O‘zbekiston Afg‘oniston aholisiga insonparvarlik yordami va «Salomatlik» poyezdini jo‘natdi

17:39 / 23.11.2024