Vengriya bosh vaziri Yevropani «sovetlashtirish»dan qutqarishga chaqirdi

Foto: Globallookpress.com
Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning bayonot berishicha, uning mamlakati «sovetlashtirish» yo‘lida to‘g‘on bo‘ladi. Uning fikricha, bu ibora YeIning Vengriya hududida muhojirlarni kiritishni talab qilayotganini anglatadi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
«Ozodlikni sevuvchi insonlar Bryusselni sovetlashtirishdan, bizga mamlakatlarimizda kimlar bilan yashashimiz kerakligi borasida aql o‘rgatmoqchi bo‘lganlardan qutqarishlari kerak», — deb ta'kidlagan Orban 1956 yilgi aksilkommunistik isyon xotirasiga bag‘ishlangan anjumanda.
«Biz Yevropadagi millat emas, balki Yevropa davlati bo‘lishni xohlaymiz», — degan Vengriya bosh vaziri. Ma'lumki, u Yevroittifoqning muhojirlikka doir siyosatini keskin tanqid qiluvchi hukumat rahbari hisoblanadi.
Orbanning fikricha, Yevropa ozodligi va erkinligi unda milliy davlatlar va nasroniy an'analar bo‘lishiga bog‘liq.
Mavzuga oid

23:14 / 09.06.2025
Vengriya migrantlarni kiritmaslik uchun kuniga 1 mln yevro to‘lashga tayyor - Viktor Orban

11:15 / 05.06.2025
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi

17:20 / 28.05.2025
Birlik sari 71 qadam. Turkiy liderlar ilk marta Vengriyada yig‘ildi

12:08 / 27.05.2025