BMT Bosh assambleyasi AQShni Kubaga nisbatan embargoni bekor qilishga chaqirdi

Foto: un.org
BMT Bosh assambleyasi ko‘pchilik ovoz bilan Vashington tomonidan Kubaga nisbatan savdo-iqtisodiy to‘siqni olish rezolyutsiyasini ma'qulladi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar berdi.
Hujjatning qabul qilinishi uchun 191 ta davlat vakili ovoz berdi. Faqat ikki davlat – AQSh va Isroil betaraflik bildirdi. Ta'kidlanishicha, Vashington birinchi marta rezolyutsiyaga "qarshi" ovoz bermagan.
BMT Bosh assambleyasi AQShni Kubaga nisbatan embargoni bekor qilishga 25-marotaba chaqirmoqda.
AQSh tomonidan Kubaga qarshi savdo-iqtisodiy to‘siq 1960 yilda kiritilgan. 2014 yil dekabrda AQSh prezidenti Barak Obama AQSh kongressini embargoni bekor qilishga va Kuba bilan aloqalarni tiklashga chaqirgandi. 2015 yil yozida ikki davlat diplomatik aloqalarni tiklashga kelishib olgandilar.
Mavzuga oid

17:55
Xitoy AQShning ayrim tovarlariga nisbatan yuqori bojlarni bekor qilmoqda - OAV

13:55
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

13:33
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi

13:32