Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
General Electric Baker Hughes bilan neftgaz biznesini birlashtirishga kelishib oldi

Amerikaning ikki kompaniyasi General Electric (GE) va Baker Hughes kompaniyalari neftgaz binesii birlashtirishga kelishib oldi, deb xabar qilmoqda GE o‘z saytida.
«Yangi» Baker Hughes neftgaz sohasidagi texnologiyalar va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida yetakchi bo‘ladi. U 120dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritishi barobarida 32 mlrd dollarlik qo‘shma tushumga ega bo‘ladi», — deyiladi xabarda.
Kelishuv shartlariga ko‘ra, Baker Hughes aksiyadorlari shartnoma imzolangach, har bir aksiya uchun 17,5 dollardan maxsus bir martalik dividend olishadi. Qayd etilishicha, yangi kompaniyaning 62,5 foizi GE korporatsiyasiga tegishli bo‘ladi. Bitim 2017 yil o‘rtalarigacha yopilishi aytilmoqda.
GE vakillarining aniqlik kiritishlaricha, Baker Hughes kompaniyasini to‘liq xarid qilish ularning rejasiga kirmaydi. Ayni vaqtda, Baker Hughes bilan keng hamkorlik qilish borasidda muzokaralar olib borilmoqda.
Mavzuga oid

13:22
Germaniya AQSh bilan kelishilgan holda Ukrainaga ikkita Patriot'ni beradi

12:49
AQSh senatorlari Ukrainaga 55 mlrd dollar ajratishni taklif qildi

11:56
AQSh va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

23:12 / 01.08.2025