Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “Gazel” va Mercedes ishtirokida dahshatli avtohalokat sodir bo‘ldi

Foto: Facebook/Voditeli Tashkenta
28 oktabr erta tongda Toshkent shahri ko‘chalaridan birida yirik avtohalokat sodir bo‘ldi. «Samarqand Darvoza» savdo ko‘ngilochar majmuasi yaqinida yuz bergan baxtsiz hodisada qurbonlar bo‘lgan, deb xabar qilgan Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi "Voditeli Tashkenta" guruhi.
Xabarlarga ko‘ra, halokatda «Gazel» yuk mashinasi va Mercedes rusumli yengil transport vositasi o‘zaro to‘qnashib ketgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, transport vositalari yonlamasiga to‘qnashgan. Zarbaning o‘ta kuchli bo‘lgani tufayli Germaniyada ishlab chiqilgan mashina bir uyum temir-tersakka aylanib qolgan. Uning haydovchisi va old o‘rindiqda o‘tirgan qiz fojia joyida halok bo‘lgani aytilmoqda. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari halok bo‘lganlarning oila a'zolariga hamdardliklarini bildirishgan.
Shuningdek, guvohlarning aytishicha, avtohalokatga Mersedes haydovchisi sababchi bo‘lgan. U katta tezlikda qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketgan va boshqaruvni yo‘qotgan. «Gazel» mashinasiga ham jiddiy talofat yetgan. Xabarlarga ko‘ra, yuk mashinasi haydovchisi ham voqea oqibatida hayotdan ko‘z yumgani, u ikki nafar farzandning otasi bo‘lgani aytilmoqda.



Mavzuga oid

15:21
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti

10:44
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

18:45 / 01.08.2025
Toshkentda 10 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

11:22 / 01.08.2025