O‘zbekistonga navbatdagi Talgo-250 tezyurar elektropoyezdi qachon kelishi ma'lum qilindi

O‘zbekiston tezyurar Talgo-250 elektropoyezdini yil oxirigacha qabul qilib oladi, deya xabar qilmoqda O‘zbekiston iqtisodiyot vazirligi.
Elektropoyezd 2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmalarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturiga asosan olib kelinmoqda. Ushbu dastur doirasida 9,8 mlrd dollarlik 150ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ikkita lokomotiv, 10ta yo‘lovchi poyezdi va restoran-vagondan iborat yangi poyezd 287 nafar yo‘lovchini manziliga yetkaza oladi. 38 mln dollarlik ikkita shunday tarkibni Ispaniya kompaniyasidan xarid qilish shartnomasi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot fondi tomonidan moliyalashtirilgan.
Yangi tezyurar poyezdlar «Toshkent-Buxoro» yo‘nalishida qatnovni amalga oshiradi.
Hozirda, O‘zbekistonda ikkita Talgo poyezdlari harakatlanmoqda. Afrosiyob poyezdlari «Toshkent-Samarqand-Buxoro-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha qatnamoqda.
Mavzuga oid

14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi

22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

12:49 / 31.03.2025