O‘zbekiston MDH davlatlarini o‘z transport tizimidan birgalikda foydalanishga taklif qildi

Foto:© Sputnik
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Anvar Nosirov MDH davlatlarini O‘zbekistonning rivojlangan transport tizimidan birgalikda foydalanishga taklif qildi. Bu haqda Sputnik-O‘zbekiston xabar bermoqda.
“O‘zbekistonda jadal suratlarda zamonaviy yo‘l-transport va kommunikatsiya-muhandislik tizimlari qurilmoqda. Biz MDH mamlakatlaridagi hamkorlarimiz bilan ushbu yangi magistrallardan birgalikda foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyormiz”, — dedi Anvar Nosirov 8 noyabr kuni "Rossiyaning 2017 yil davomida MDHda raislik konsepsiyasi" taqdimoti marosimida.
Yangi magistrallar qatorida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Afg‘onistonning Mozori Sharif shahriga olib boruvchi "Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on" yo‘nalishini, Toshkentdan – Samarqandga, Buxoroga va Qarshiga qadar yo‘lga qo‘yilgan tezyurar poyezdlar harakatini, yangi “Angren – Pop” temir yo‘lini aytib o‘tdi.
Mavzuga oid

16:26 / 05.06.2025
Tojikistonda MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi

13:39 / 02.06.2025
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

14:10 / 14.05.2025