Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston o‘rtoqlik uchrashuvida Iordaniyani mag‘lub etdi

JCh-2018 saralashidagi Janubiy Koreyaga qarshi navbatdagi o‘yin arafasida O‘zbekiston terma jamoasi Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
O‘yinda ko‘k rangli libosda harakat qilgan Samvel Babayan qo‘li ostidagi terma jamoa kichik hisobda g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 45-daqiqasida Odil Ahmedov tomonidan jarima maydoniga oshirilgan to‘pni boshi bilan raqib darvozasiga joylagan Igor Sergeyev uchrashuvdagi yagona gol muallifi bo‘ldi.
Endi O‘zbekiston vakillari 15 noyabr kuni Janubiy Koreya termasiga qarshi safar uchrashuvini o‘tkazadi.
O‘zbekiston - Iordaniya 1:0 (1:0)
Gol: Igor Sergeyev (45)
Ogohlantirishlar: Vadim Afonin (23), Server Jyeparov (44), Anzur Ismailov (83), Javohir Sohibov (87) — Yosin Baxit (34), Mahmud (87)
O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov, Davron Hoshimov, Yegor Krimets, Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov (Stanislav Andreyev 46), Odil Ahmedov (Sardor Rashidov 46), Vadim Afonin (Aziz Haydarov 72), Otabek Shukurov (Javohir Sohibov 65), Server Jyeparov (Aleksandr Geynrix 46), Eldor Shomurodov (Jaloliddin Masharipov 59), Igor Sergeyev.
Iordaniya: Al-Fitianiy, Ar-Ravashda, Hattob, Zavahra, Ad-Dmeyriy, Abu Amara (Salim 82), Al-Murjan (Mahmud 68), Hasan, Baxit (Sulaymon 80), Ravshda, Solih.
Mavzuga oid

14:44 / 14.07.2025
Surxondaryoda uchta yangi sayyohlik markazi barpo etiladi

13:58 / 12.07.2025
O‘zbekistonda "Eng namunali "yashil" turizm obekti" tanlovi o‘tkaziladi

12:14 / 23.06.2025
Iordaniyadan Toshkentga charter reys tashkil etilmoqda

00:40 / 21.06.2025