AQShda 1,6 mln km yurgan Porsche topildi

Foto: motor.ru
Amerikalik Gay Nyumark o‘zining Porsche 356 avtomobilida 1 million mil (1,6 million km) yurishga muvaffaq bo‘ldi. U kupedan har kungi ehtiyoji uchun foydalansa-da, avtomobil o‘zining ajoyib texnik holatini saqlab qolgan. Ushbu mashinaning bir million milni bosib o‘tishiga oid videolavha Porsche kompaniyasining YouTube kanalida joylashtirilgan.
Porsche 356 rusumli sportkar 1960 yilda ishlab chiqilgan. Uni Gayning otasi mashinaning avvalgi egasidan bir oygina yurgan chog‘ida xarid qilgan. O‘sha savdodan uch oy muqaddam, avtomobil Shtutgartdagi zavod konveyeridan chiqqan bo‘lgan.
Keyinchalik ota kupeni o‘g‘li Gayga kollejni tamomlagani munosabati bilan hadya qilgan. Shundan boshlab, Gay ushbu transport vositasidan foydalanib keladi. Hozirda, Gay Nyumark har uch ming milda (4,8 ming km) sevimli mashinasini texnik ko‘rikdan o‘tkazib turadi.
Mavzuga oid

15:38
Trampning yangi rejasi, Putinning sulhi, Kiyevning talablari - Geosiyosiy hafta tahlili

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

12:04
AQSh 18 davlat bilan savdo muzokaralari rejasini tayyorladi

11:31