Putin Ulyukayev bilan bog‘liq amaliyot bo‘yicha barcha ma'lumotlarga ega bo‘lgan

Foto: TACC
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2 million dollar pora bilan hibsga olingan mamlakat iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulyukayevni operativ kuzatish jarayonidan boxabar bo‘lgan. Bu haqda, Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi, deya xabar bermoqda TASS agentligi.
«Albatta, prezidentga Ulyukayev qo‘lga olingani haqida axborot berildi. Aslida, u operativ kuzatuv boshlanganidan bu haqda xabardor bo‘lgan», — deya ta'kidlagan Peskov.
Avvalroq, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Aleksey Ulyukayevni bir yildan ortiq muddat mobaynida operativ kuzatgani xabar qilingan edi.
Kreml ma'muriyati matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, vazirga nisbatan o‘ta jiddiy ayblov haqida gap ketmoqda.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiya tergov qo‘mitasi vakili Svetlana Petrenkoning ma'lum qilishicha, Rossiya iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulyukayevga nisbatan rasman ayblov e'lon qilingan.
«Ulyukayevga ta'magirlik bilan o‘ta katta miqdorda pora olganlik aybi ilgari surildi», - degan Svetlana Petrenko.
Mavzuga oid

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

08:59
Rossiyada IIV migrant bolalarning ta’lim ma’lumotlariga ega bo‘ladi

19:49 / 25.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

13:33 / 25.04.2025