Dunyodagi eng mashhur kompaniyalardan biri ikkiga bo‘linish arafasida turibdi
Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi ikkita alohida kompaniyaga bo‘linish imkonini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda manba ma'lum qildi, deb xabar berdi Reuters. Bunday taklif amerikalik xej-fond Elliott Management tomonidan oktabr oyidayoq berilgandi.

Ajralish Samsung asoschisi merosxo‘rlariga smartfonlar ishlab chiqarish sohasidagi global yetakchilikni nazorat qilishni kuchaytirish imkonini beradi, ta'kidlaydi agentlik.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Samsung direktorlar kengashi seshanba kuni yig‘ilish o‘tkazib, Elliott’ning taklifiga javob beradi.
Avvalroq, Samsung kompaniyasi kelasi yilning boshida tiklangan Galaxy Note 7 sotuvini boshlashi xabar qilingandi.
Mavzuga oid

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

08:30 / 30.04.2025
Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar qancha soliq to‘lagani aytildi

17:30 / 29.03.2025
Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot

19:00 / 28.03.2025