Dictionary.com yilning eng ommabop so‘zini aniqladi

Internet orqali so‘zlarni tarjima qilish xizmatini taklif etuvchi Dictionary.com asoschilari 2016 yilning eng ommabop so‘zini aniqlashdi. Unga ko‘ra, bu so‘z «ksenofobiya»dir, deb xabar qilmoqda CNN.
Sayt mualliflarining aytishlaricha, bu yil insonlarni eng ko‘p qiziqtirgan so‘z ana shu ibora bo‘lgan.
Lug‘at ushbu tushunchaning bir nechta izohini keltirgan. Ular orasida «qo‘rquv yoki begona biron shaxsga nisbatan ko‘rolmaslik hissi» yoxud «qo‘rquv yoki madaniy jihatdan umum qabul qilingan tamoyillardan farqlanuvchi kishilarni qabul qila olmaslik» kabilar bor.
Bill Klinton AQSh prezidenti bo‘lgan davrda mehnat vaziri bo‘lgan Robert Reyx bu vaziyatga shunday izoh bergan: «Ksenofobiyani globallashuv darajasining o‘sishiga nisbatan reaksiya deb qabul qilish mumkin. Biroq u bizning o‘zimizni ajratadi. Ksenofobiya haqoratlash va qo‘rqitishni, yoki undan ham yomonroq holatni ifodalaydi, u bizni bag‘rikenglikning ziddi bo‘lgan hurmatsizlik va ko‘rolmaslik tomon undaydi».
Ma'lumki, AQSh prezidentlik poygasi chog‘ida respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp bir necha marotaba ksenofobiyada ayblandi. U musulmonlarning mamlakatga kirishini taqiqlash, noqonuniy muhojirlarni Meksikaga deportatsiya qilish va ikki davlat o‘rtasida chegara devorlari barpo etish xususidagi fikrlari uchun shunday ayblovlarga duchor bo‘lgan edi.
Mavzuga oid

19:11 / 21.04.2025
Toshkentda ikki fuqaroni Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilgan chet el fuqarosi ushlandi

14:15 / 08.04.2025
Meksika prezidenti AQShdan importga bojlar joriy qilinishini istisno etmadi

23:11 / 23.03.2025
Meksikada mayyalarning muqaddas ibodatxonasiga chiqqan turist kaltaklandi

17:39 / 11.03.2025