Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroilda xalqaro o‘t o‘chirish amaliyoti yakunlandi

Foto: © AFP
Isroil hukumati deyarli bir hafta davomida mamlakat bo‘ylab davom etgan yong‘inga qarshi xalqaro kurash yakunlanganini e'lon qildi. Isroil o‘t o‘chiruvchilari 29 noyabrdan odatdagi tartib bo‘yicha ishlarini boshlaydi. Kunning ikkinchi yarmida o‘t balosiga qarshi kurashda yordam bergan o‘nta mamlakat o‘t o‘chiruvchilariga tashakkur bildirish marosimi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi.
Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘in qurg‘oqchilik va kuchli shamol tufayli avj olgan. 18-26 noyabr kunlari davomida jami 1 ming 773ta alanga o‘chog‘i aniqlangan, shundan 39tasi yirik bo‘lgan. Bunda, Hayfa shahri shimoli ofatdan eng ko‘p talofat yetgan hudud bo‘lgani aytilmoqda. Bu yerda, o‘n minglab kishilar ko‘chirilgan.
Kuniga yong‘inga qarshi kurashga o‘rtacha 900 nafar o‘t o‘chiruvchi jalb etilgan. 24 noyabr kuni esa ularning soni 1 ming 616 kishiga yetgan. Bunga qo‘shimcha ravishda armiyaning 450 nafar zaxiradagi askarlari ham safarbar etilgan.
Amaliyotda Isroilning 14ta o‘ch o‘chirish samolyoti va 6ta vertolyoti qatnashgan, so‘nggi 5 kun mobaynida 10ta davlatdan kelgan 19ta samolyot ko‘mak bergan. 6 yil avvalgidan farqli ravishda, bu safar qurbonlar bo‘lmagan, 126 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid

23:57 / 01.08.2025
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi

14:11 / 31.07.2025
Ashxobodning vayronaga aylanishidan Andijondagi fojiagacha – yaqin tarixdagi eng dahshatli zilzilalar

11:15 / 30.07.2025
Isroil G‘azo sektorini to‘liq anneksiya qilish masalasini ko‘rib chiqmoqchi

22:46 / 29.07.2025