Italiya O‘rta yer dengizida mingdan ortiq muhojirlarni qutqardi

Foto: © AP
Italiya sohil qo‘riqlash xizmati 28 noyabr kuni O‘rta yer dengizida 1400 atrofidagi muhojirni qutqargan, deb xabar qilmoqda Frans Press agentligi.
"Bu kun juda qiyin bo‘ldi, ammo bo‘linmalar o‘z ishlarini a'lo darajada bajarishgani sabab barcha muhojirlar qutqarildi", — deya ma'lum qilgan sohil qo‘riqlash xizmati vakili.
Italiya hukumatining ma'lumotiga ko‘ra, 28 noyabrda joriy yilda dengiz orqali mamlakatga kirib keluvchilarning eng yirik guruhi ro‘yxatga olingan. Umuman, 2016 yilning o‘tgan davri mobaynida 171 ming muhojir dengiz orqali suzib kelgan, bu boradagi avvalgi eng yuqori ko‘rsatkich 2014 yilga tegishli bo‘lib, o‘shanda 170 ming muhojir Italiya orqali Yevropaga qadam ranjida qilgan.
O‘tgan haftada Xalqaro migratsiya tashkiloti ma'lum qilganidek, 2016 yilning o‘tgan oylari davomida 4,7 mingga yaqin muhojir va qochqinlar O‘rta yer dengizidan suzib o‘tish chog‘ida suvga g‘arq bo‘lgan.
Mavzuga oid

21:58 / 21.04.2025
Italiya bosh vaziri Markaziy Osiyo liderlari bilan ko‘rishadi

11:51 / 21.04.2025
Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni O‘zbekistonga tashrif buyuradi

11:53 / 14.04.2025
Abdulaziz Komilov Italiya ordeni bilan taqdirlandi

11:54 / 31.03.2025