Shoygu Tojikistonga katta miqdorda aviatexnika yetkazib berilishini ma'lum qildi

Foto: © RIA
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya 2017 yilda Tojikistonga uning barqarorligini ta'minlash maqsadida "katta miqdorda aviatsion texnika" yetkazib berilishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Bu haqda Shoygu Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo bilan uchrashuvda aytdi.
Shoyguning aytishicha, 2017 yilda Rossiya va Tojikiston o‘rtasida "harbiy-texnik hamkorlik, qurol-aslaha va harbiy texnika yetkazib berish bo‘yicha muhim faza" keladi. Ma'lum qilinishicha, Tojikistonga samolyot va vertolyotlar yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.
Shoygu harbiy texnikaning yetkazib berilishi mintaqada barqarorlikni saqlashga imkon berishini hamda IShID va "Afg‘oniston hududidagi boshqa terrorchilik tashkilotlari" bilan kurashishda yordam berishini aytdi.
Bundan tashqari, Shoygu bu "yovuz kuchlar bilan bir safda kurashishga" va'da berdi. Tojikiston mudofaa vaziri o‘z navbatida, "hamdo‘stlikning janubiy sarhadlari ishonchli qo‘riqlanishiga" va'da berdi.
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025