Antarktidada 14 mln yillik qanot topildi

Foto: North Dakota State University / Smithsonian Institution
AQShning Shimoliy Dakota universiteti va Smitsonlar instituti olimlari Antarktidada ikkita toshga aylangan qanotlarni topishdi, ular aniqlanishicha qo‘ng‘izga tegishli bo‘lgan. Bu haqda Popular Mechanics xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, toshqotgan qanotlar Janubiy qutbdan 550 km uzoqlikda Birdmor muzligida topilgan. Tahlillar qanotlarning yoshi 14 mln yildan 20 mln yilgacha ekanligini ko‘rsatgan.
Bu qanotlar sassiq qo‘ng‘izlar turiga mansub ikki qo‘ng‘izga tegishli bo‘lgan. Qo‘ng‘izga Antarctotrechus balli deb nom berishdi. Olimlar bu topilmani juda noyob deb atashmoqda, chunki Antarktikada birinchi marotaba qazilma qo‘ng‘iz topildi. Bu esa ushbu qit'ada million yillar avval issiq iqlim bo‘lgani va hattoki daraxtlar o‘sganini isbotlaydi.
Mavzuga oid

20:10 / 23.03.2025
Olimlar Antarktidadan ajralib chiqqan aysberg ostida faol ekotizim mavjudligini aniqladi

10:12 / 18.03.2025
Ovloq va xavfli joy. Antarktidadagi bazada olimlar o‘z hamkasbidan qutqarishni so‘ramoqda

13:34 / 07.03.2025
Dengiz muzliklarining maydoni tarixiy minimumgacha qisqardi

15:34 / 28.02.2025