Time jurnali «Yil odami»ni e'lon qildi
AQShning "Time" jurnali tahririyati AQSh prezidenti etib saylangan Donald Trampni "Yil odami" deb topdi. Bu haqda NBC telekanalining Today ertalabki shousida ma'lum qilindi.
Bu borada 2-o‘rinni AQShning sobiq bosh kotibi, AQSh prezidenti saylovlarida ishtirok etgan nomzod Xillari Klinton egalladi. Jurnal tahririyati 3-o‘ringa "demokratiyani nishonga olgan" xakerlarni qo‘ydi.
Reytingning qisqa ro‘yxatiga shuningdek Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ham kiritildi.
Avvalroq Time jurnali o‘quvchilari ham bu borada o‘z tanlovlarini qilgandilar. Ularning fikricha, "Yil odami" deb atalishga aynan Modi haqlidir. U AQShning amaldagi prezidenti Barak Obama va bo‘lg‘usi prezidenti Donald Trampdan o‘tib ketdi.
Mavzuga oid

16:31 / 11.05.2025
Sulh o‘rniga – Istanbulda yangi muzokaralar. Putin G‘arbning 30 kunlik otashkesim bo‘yicha taklifiga qanday javob qaytardi?

07:45 / 11.05.2025
Putin Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi

07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

17:23 / 09.05.2025