Dunyodagi eng taniqli tennischi ayol nomi ma'lum qilindi

Foto: relax.com.ua
Germaniyalik Angelika Kerber Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) bo‘yicha 2016 yildagi eng mashhur ayol tennischiga aylandi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berilgan.

Reyting WTA saytidagi ma'lum bir sportchining sahifasiga kirish va so‘rov miqdorlari asosida tuzilgan. Ikkinchi o‘rin amerikalik Serena Uilyamsga nasib etgan bo‘lsa, uchinchi pog‘onada ruminiyalik Simona Xalep qayd etildi.
Rossiyalik Mariya Sharapova esa ro‘yxatning atigi 11 o‘rnidan joy oldi.
Ma'lumot uchun, Kerber 2016 yilda Australian Open va US Open g‘olibasiga aylandi, shuningdek Riodagi Olimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid

22:03 / 13.06.2025
Ko‘r-ko‘rona tergov va prokurorning yolg‘oni: Olmazorda ayol kamida 80 kundan beri asossiz hibsda o‘tiribdi

17:24 / 05.06.2025
O‘zbekiston yashash narxi eng arzon davlatlar qatoriga kirdi

19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi

20:13 / 16.05.2025